Eshitdik-da! Korostichenko "Lokomotiv"ni tark etdi

Sherzod Nurmatov
31 okt 2023
Toshkent klubi ustozi jamoadan ketdi.

"Championat.asia" ma'lumotlariga ko'ra, u kecha jamoa futbolchilari bilan xayrlashgan.

Katta ehtimol bilan jamoaning yangi bosh murabbiyi OKMKning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Aleksandr Stoymirovich bo'ladi. 

Ma'lumot uchun, Denis Korostichenko qo'l ostidagi "Lokomotiv" joriy mavsum Pro ligada chempion bo'lib, Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Avvalroq "Loko"ning ikki futbolchisi yangi mavsumni Samarqandning "Dinamo" klubida o'tkazishi haqida xabar bergan edik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia