Eshitdik-da. "Dinamo" legionerlarining licenziyasi olib qo'yildi

Narzulla Saydullayev
28 apr 2015, 11:24
Oliy liganing 6-turida Samarqandning "Dinamo" klubi safarda "Navbahor" mehmoni bo'lib 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
O'sha uchrashuvidan keyin "Dinamo" joriy yil uchun badal puli to'lamagani va futbolchilar oldida qarzi ko'payib ketganligi uchun PFL vakili to muammo bartaraf etilmagunicha "Dinamo" legionerlarining licenziyasini olib qo'ydi.

Eslatib o'tamiz, Samarqand jamoasi safida Andrey Melnichuk, Nikolay Chipev, Konstantin Mandrichenko va Aleksandr Boliyan kabi legionerlar to'p tepishmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia