Eshitdik-da! SSKA klubida o'zbekistonlik murabbiy ish boshlashga yaqin

Iskandarov Abdulaziz
14 iyun 2025, 12:26
Xorijda murabbiylarimiz bo'lishi quvonarli.

"Lokomotiv", "Olimpik" jamoalaridagi faoliyati bilan tanilgan o'zbekistonlik murabbiy Denis Korostichenko Moskvaning SSKA klubi yoshlar jamoasi murabbiylar shtabida ish boshlashga yaqin. Ma'lumot uchun, bu jamoani asli o'zbekistonlik hisoblangan Dmitriy Igdisamov boshqarmoqda. 

Korostichenko joriy yil boshida "Bunyodkor-Farm" bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Uning qo'l ostida "qaldirg'ochlar" Birinchi ligada 7 ta o'yinda 3 g'alaba, 4 durang, 13 ochko bilan markaziy mintaqada peshqadam bo'lib turgandi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia