Eshitdik-da! CAFA qaysi stadionlarda o'tishi ma'lum

Sherzod Nurmatov
25 avg 2025
Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, O'zbekiston ishtirokidagi uchrashuvlarga "Jar" mezbonlik qiladi.

Raqablarning o'yini esa yangi qurib bitkazilgan "Olimpiya" stadionida o'tkaziladi.

Xabaringiz bor, musobaqa 30 avgust kuni start oladi. Final bahsi esa 8 sentyabrga rejalashtirilgan. 

O'zbekiston "A" guruhidan joy olgan va O'mon, Turkmaniston hamda Qirg'iz Respublikasi bilan o'ynaydi. "B" guruhida esa Tojikiston Eron, Hindiston va Afg'oniston bilan kuch sinashadi.

30 avgust 

O'zbekiston – O'mon

Qirg'iz Respublikasi – Turkmaniston


2 sentyabr 

Turkmaniston - O'zbekiston 

O'mon – Qirg'iz Respublikasi


5 sentyabr 

O'zbekiston – Qirg'iz Respublikasi

Turkmaniston – O'mon 

Yarim final va final 8 sentyabrga belgilangan.

Avvalroq terma jamoaning musobaqa uchun qaydnomasi e'lon qilingan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia