Eshitdik-da! Bobir Abdixoliqovga Rossiya va Germaniyadan qiziqish bor

Mirjalol Normatov
7 avg 2022, 00:07
"Energetik-BGU" hujumchisi Bobir Abdixoliqovga Yevropaning ikki klubi qiziqish bildirmoqda.

Ulardan biri - Rossiyaning "Sochi" klubi. Klub vakillari hujumchining so'nggi bir necha o'yinlarini kuzatgan, shu jumladan "Vitebsk"ka qarshi bahsini ham.

Ikkinchi klub esa - ikkinchi Bundesliga vakili "Gannover" klubi. Nemis klubidagilar qishga qadar hujumchini kuzatib, yanvarda tarkibiga qo'shib olishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, ushbu mavsum Abdixoliqov mamlakat chempionatining 16 o'yinida 17 gol va 5 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia