Eshitdik-da! Bobir Abdixoliqov Ukraina klubiga o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
18 fev 2021
Yaqin vaqt ichida o'zbekistonlik hujumchi Bobir Abdixoliqov legionerga aylanadi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Bobir Abdixoliqov Ukraina premer-ligasi ishtirokchisi bo'lgan Lvovning "Rux" klubi bilan shartnoma tuzadi. Futbolchiga Osiyo klublaridan takliflar bo'lgan, biroq futbolchi ayni paytda katta maoshni emas Yevropada o'ynashni tanladi. 

2003 yilda tashkil topgan mazkur klub o'z uy o'yinlarini Lvov shahridagi "Arena Lvov" stadionida o'tkazadi. Mazkur stadion 2012 yilgi Yevropa chempionati o'yinlarini qabul qilgan.

"Rux" o'tgan mavsum quyi ligada ikkinchi o'rinni egallab o'z tarixida ilk bor Premer-ligaga yo'llanma olgan.

Ayni paytda "Rux" 14ta o'yindan so'ng 10 ochko bilan musobaqa jadvalining 13-pog'onasida bormoqda.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia