Eshitdik-da: AGMK lagerini yana bir yetakchi futbolchi tark etdi. U legionerga aylanishi mumkin

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2023, 12:56
Olmaliqning AGMK klubi ayni paytda BAAda yig'inni davom ettirmoqda.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Spartak"ka qarshi o'yindan keyin olmaliqliklar vingeri Shohruh Gadoev AGMK bilan xayrlashib, jamoani tark etgan.

Gadoev faoliyatini Janubiy Koreya klubida davom ettirishi kutilmoqda. 2022 yilgi mavsumda Shohruh Gadoev O'zbekiston chempionatida 24ta o'yinda maydonga tushdi va 3ta gol urdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia