Ertaga UEFA Superkubogi o'tkaziladi. Yangi to'pni ko'rdingizmi?

13 avg 2019, 20:45
Xabaringiz bor, Yevropa kuchli beshlik chempionatlarida APL va Liga 1 musobaqalari start olib ulgurdi.

Yevropaning yana bir tomoshabop musobaqasi hisoblangan UEFA Superkubogi ertaga o'tkaziladi. Unda amaldagi YCHL va EL g'oliblari bellashishadi. Chempionlar ligasini qo'lga kiritgan "Liverpul", Yevropa ligasi sohibi "Chelsi" klubi bilan o'ynaydi. Bahs  Istanbul shahrining "Vodafone Arena"sida Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

 Ana shu finalda o'ynaladigan to'p ommaga havola qilindi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia