Ertaga tarixdagi eng yirik Afrika Kubogi start oladi

Narzulla Saydullayev
20 iyun 2019, 14:08
21 iyundan 19 iyulga qadar Misr mamlakatida Afrika millatlar kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.

Unda tarixda ilk bor 24ta terma jamoa ishtirok etadi. Madagaskar, Mavritaniya va Burundi kabi jamoalar Afrika kubogida debyut qilishadi.

Uchrashuvlar Qohira, Aleksandriya, Suec va Ismoiliya shaharlaridagi stadionlarda bo'lib o'tadi.



Stadionlar ro'yxati
"Qohira Xalqaro" stadioni
"30 iyun" stadioni
"Al Salam" stadioni
"Aleksandriya" stadioni
"Suec" stadioni
"Ismoiliya" stadioni

Guruhlar
"A" guruhi: Misr, DR Kongo, Uganda, Zimbabve
"B" guruhi: Nigeriya, Gvineya, Madagaskar, Burundi
"S" guruhi: Senegal, Jazoir, Keniya, Tanzaniya
"D" guruhi: Marokash, Kot-D'Ivuar, JAR, Namibiya
"E" guruhi: Tunis, Mali, Mavritaniya, Angola
"F" guruhi: Kamerun, Gana, Benin, Gvineya-Bissau



Har bir guruhda dastlabki ikki o'rinni egallagan va 4ta eng yaxshi uchinchi o'rin sohiblari nimchorak finalga yo'l olishadi.

Ma'lumot uchun, Afrika Kubogining amaldagi chempioni Kamerun terma jamoasi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia