Ertaga “Lokomotiv” va “Bunyodkor” yoshlari o'zaro raqib bo'lishadi

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2016, 15:55
“Lokomotiv” yoshlar jamoasi ertaga – 30 yanvar kuni “Bunyodkor” yoshlariga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Uchrashuv 14:00 da “Bunyodkor” futbol akademiyasida boshlanishi rejalashtirilgan.

Ruslan Ahmedxonov murabbiyligida yosh “temiryo'lchilar” yangi yil hisobidan 1 ta o'rtoqlik o'yinida maydonga tushib ulgurishgan. Poytaxtning boshqa bir klubi – “Paxtakor” yoshlariga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda hisob ochilmagandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz