Errera: "Neymar PSJga juda ko'p narsa berdi"

Alisher
15 apr 2020, 17:50
PSJ yarim himoyachisi Ander Errera hujumchi Neymar haqida gapirdi.

"Neymar bir marta o'z uyiga butun jamoani taklif qilgan edi. U diqqatli va PSJ haqida o'ylaydi.

Bir necha jurnalistlar Neymarning PSJni tark etish niyati borligi haqida yozishdi, men esa bu davrda uni kuzatdim. U ajoyib.

Neymar PSJga ko'p narsa berdi. U jahon darajasidagi o'yinchi va uning manfaatlari klubga qaratilgan", - deydi Errera.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Canal+