Errera: "De Xea? Tanqidlarga tupurdim. U dunyoning eng kuchli darvozaboni"

Mirjalol Normatov
22 iyul 2018, 13:13
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Ander Errera darvozabon David De Xea borasidagi fikrlarga izoh berdi.

"Tanqidlarga tupurdim. Bunda nima deyishgan bo'lsa ham menga farqi yo'q. U dunyoning eng kuchli posboni.

Qachonki sen dunyoning eng yaxshi darvozaboni bo'lsang-u, biroq seyvlar qilmasang, faqatgina sen haqingda gapirishadi. Agarda men yaxshi o'ynay olmasam, taktikaga ham mos tushmayman, men yaxshi futbolchi bo'lmayman", - dedi Errera.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: MEN