

Karlush Keyrush shogirdlari Dubay shahridagi yig'in doirasida Afrika terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Bu haqda persianfootball.com xabar berdi. Dastlab forslar Marokash bilan kelishib olishgandi, biroq bu jamoa ustozi Erve Renar fikrini o'zgartirdi. Marokash Tunis bilan o'ynashga qaror qildi.
Eron esa aynan Dubayda Afrika millatlar kubogiga tayyorgarlik ko'radigan Kot-D'Ivuar milliy terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadigan bo'ldi. Hozircha o'yin sanasi ma'lum emas.
Kot-D'Ivuar 14 yanvardan 5 fevralga qadar Gabon davlatida bo'lib o'tadigan Afrika millatlar kubogida ishtirok etadi.
Eron terma jamoasi JCH-2018 saralashi uchinchi bosqichi "A" guruhida 11 ochko bilan birinchi o'rinda turibdi. Jamoa 23 mart kuni safarda qatar bilan o'ynaydi.



