Eron klubi Odil Hamrobekov transferi uchun "Bunyodkor"ga qancha to'ladi?

Iskandarov Abdulaziz
20 iyul 2025, 08:26
Yozgi transfer oynasida "Bunyodkor" jamoasining yetakchisi Odil Hamrobekov Eronning "Traktor" jamoasiga borib qo'shildi.

Futbolchi tabrizliklar bilan 2027 yilning 30 iyun sanasiga qadar amal qiladigan shartnomani imzoladi. Odil Hamrobekovning "Bunyodkor" bilan amalda shartnomasi bo'lgani uchun "Traktor" o'zbekistonlik yarim himoyachini transfer qildi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, klub "Bunyodkor"ga futbolchi uchun 500 ming evro (7,3 milliard so'm) to'lagan. 

29 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum Superliganing 15 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia