Eron klubi Masharipovga qiziqib qoldi

Narzulla Saydullayev
28 apr 2017, 19:00
Tehroning "Istiqlol" klubi o'z safiga o'zbekistonlik futbolchini qo'shib olmoqchi.

varzesh3.com sayti ma'lumotiga ko'ra, Eron klubi "Lokomotiv"da ijarada o'ynayotgan Jaloliddin Masharipovga qiziqib qolgan.

Ma'lumot uchun, "Istiqlol" OCHL guruh bosqichida "Lokomotiv" bilan bir guruhdan o'rin olgan.

Eslatib o'tamiz, "Istiqlol" yil boshida o'zbekistonlik Server Jeparov bilan 1,5 yillik shartnoma tuzgandi. Biroq FIFA qo'ygan taqiq tufayli yangi legionerlarni ro'yxatdan o'tkaza olmadi va Jeparovni "Sepaxon"ga ijaraga berishga majbur bo'lgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia