Eron chorak final yo'llanmasiga ega bo'ldi

Aslanov Jasurbek
12 fev 2016, 18:35
Bir necha daqiqa oldin Xitoy hamda Eron terma jamoalari o'rtasidagi bahs 0:7 hisobida yakunlandi.

Shunday qilib, Eron ikki uchrashuvda natijasiga ko'ra "B" guruhida 6 ochko to'plab Osiyo chempionatining chorak finaliga yo'l olgan birinchi jamoaga aylandi. Birozdan so'ng O'zbekiston Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Agar futzalchilarimiz bu bahsda ham g'alaba qozonishsa, chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritgan ikkinchi jamoaga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia