Ernesto Valverde: "Chelsi" - og'ir qur'a, lekin o'yinchilarni ruhlantirish oson bo'ladi"

Tolibjon Qosimov
12 dek 2017, 19:36
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde YCHL 1/8 finaldagi raqib "Chelsi" haqida gapirib o'tdi.

"Bu jismonan baquvvat va taktik tomonlama rivojlangan jamoa. Morata ularga hujumda tezlik olib kelmoqda, Azar esa chiziqlar orasida juda yaxshi. Kuchli jamoa.
Umuman, og'ir qur'a. "Chelsi" - APL chempioni. Qiyin bo'lishi aniq, lekin bu biz va muxlislar uchun ajoyib qarama-qarshilik. O'yinchilarni ruhlantirish oson bo'ladi", - dedi Valverde.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com