Ernan Krespo tez orada "Al Ayn" bosh murabbiyiga aylanadi. Murabbiy OCHLdagi ilk uchrashuvini "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi

Administrator
8 noya 2023, 20:20
Buni Fabricio Romano ma'lum qildi.

Argentina termasining sobiq hujumchisi Ernan Krespo Birlashgan Arab Amirliklarining "Al Ayn" klubi bosh murabbiyiga aylanadi. Murabbiy tez orada bu postni egallaydi. Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano xabar berdi. 

Krespo yaqindagina iste'foga chiqarilgan "Ayaks" sobiq bosh murabbiyi Alfred Sxryoderning o'rnini egallaydi. 

Eslatib o'tamiz, "Al Ayn" OCHL bahslarida "Paxtakor" bilan bir guruhdan joy olgan. Krespo OCHLdagi ilk uchrashuvini 28 noyabr kuni "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi.  Ayni damda BAA jamoasi OCHLning to'rtta o'yinidan keyin 12 ochko jamg'arib, keyingi bosqich masalasini hal qilgan. Ma'lumot uchun, Ernan Krespo bundan oldin "Al Duhayl" klubi bosh murabbiyi edi. Uning o'rnini esa PSJ sobiq murabbiyi Kristof Galte egalladi. Endi Krespo o'z faoliyatini "Al Ayn"da davom ettirish arafasida.

OCHLda "Paxtakor" bilan bir guruhdan o'rin olgan "Al Ayn" kutilmaganda bosh murabbiyini iste'foga chiqardi

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano