Erling Xoland dunyoning eng kuchli jamoasini aytdi

Mirjalol Normatov
8 noya 2020
Dortmundning "Borussiya"si hujumchisi Erling Xoland Bundesliga 7-turida "Bavariya"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

"Ko'proq gol urishim mumkin edi. Agarda yaratayotgan vaziyatlarimizdan foydalana olsak, barcha o'yinlarda yuta olamiz.

"Bavariya" - dunyoning eng yaxshi jamoasi. Ularning darajasiga yetib olish uchun ko'p ishlash va mehnat qilish kerak", - dedi Xoland.

Xoland ushbu mavsumda Bundesliganing 6 o'yinida 6 gol urdi va 2 assistni hisobiga yozdirib qo'ydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal