Eriksenga APLning ikki klubi qiziqmoqda, lekin...

Aziz Tukhtamuradov
6 may 2022, 08:34
Hozirda "Brentford" sharafini himoya qilayotgan Kristian Eriksen APLning boshqa jamoasiga o'tishi mumkin.

Insayder Fabrisio Romanoning ma'lum qilishicha, futbolchi sog'lig'idagi muammolardan so'ng futbolga qaytishiga yordam bergan jamoasini juda hurmat qiladi. Shu sababli ham daniyalik xavbekning agenti mavsum tugagandan so'ng ilk navbatda "Brentford" vakillari bilan muzokara o'tkazadi. 

Eriksen bilan bog'liq vaziyatni uning sobiq jamoasi "Tottenxem", shuningdek "Lester" kuzatib bormoqda. Undan tashqari nomi oshkor qilinmayotgan yana bir jamoa bor. 

Yarim himoyachining "Brentford" bilan shartnomasi shu mavsum oxiriga yakuniga etadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Caught Offside