Erik ten Xag: "Jamoamizda o'sish katta"

Mirjalol Normatov
25 dek 2022, 10:51
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoa oldiga qo'yilgan maqsad haqida gapirdi.

"Sovrin yutishni, shunday darajadagi kuchli jamoa bo'lishni istaymiz. Barcha ishni aql bilan bajarishimiz, vaziyatga moslashishimiz kerak. Umid qilamanki, yaxshi o'yinlar o'tkazib, kerakli natijalarni qayd eta olamiz.

Jamoada o'sish katta, buni kuzatib boryapman. Biroq endi natijaga ham erishish kerak. Agarda rivojlanish to'g'ri yo'ldan ketsa, kuchli to'rtlikka kirishga yaxshi imkoniyatimiz bo'ladi.

Buni bosim sifatida to'g'ri qabul qilyapman. Bunday bosimni "Chelsi" va "Nyukasl" murabbiylari ham his qilmoqda. Ular ham o'z tarkiblarini yaxshi darajada kuchaytira olishdi.

YCHLga yo'llanma - har bir murabbiy uchun bosim. Jamoa eng kuchli to'rttadan biri bo'lishi, sovrinlar uchun kurashishi kerak. Tabiiyki, bu bizning maqsadimiz", - dedi ten Xag.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal