Erik ten Xag APLda ish boshlashi mumkin

Khoja
3 noya 2025
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag APL jamoasini boshqarishi mumkin.

Angliya nashrlarining xabar berishicha, "Vulverxempton" niderlandiyalik murabbiy bilan shartnoma imzolashi mumkin. 

Eslatib o'tamiz, "Vulverxempton" APLning 10-tur yakunlaridan so'ng 2 ochko bilan turnir jadvalining so'nggi pog'onasida ketmoqda. 

Ma'lumot uchun, Erik ten Xag joriy mavsum Bundesliganing 2-turidan so'ng "Bayer"dan ishdan olingandi. Undan oldin murabbiy "Manchester Yunayted"ni boshqargan.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru