Erik ten Xag Antonining "o'yini chiqmayotgani" sababini aytdi

Mirjalol Normatov
13 yanv 2024, 00:26
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag yarim himoyachi Antonining o'yiniga halaqit berayotgan omillar haqida gapirdi.

10 sentyabr kuni braziliyalik futbolchi sobiq rafiqasi bilan janjali sababli mashg'ulotlardan chetlatilgandi. 29 sentyabrda esa tarkibga qaytarildi.

"Menimcha, unga maydon tashqarisidagi muammolari halaqit qilmoqda. Ular Antoniga doimiy muammolar va ruhiy zarbalar bermoqda. Ammo buning barchasiga uning o'zi aybdor va barchasini tezda hal qilishi kerak.

Birinchi yili u yaxshi o'ynadi, mavsumlararo yig'inlarda ham yomon ko'rinmadi, dastlabki to'rt o'yinni yaxshi o'tkazdi. Biroq u mashg'ulotlardan chetlatilib, qaytganidan keyin o'ziga kela olmadi.

"Ayaks"da u doimo yaxshi o'yinlar ko'rsatgan va uning o'sha darajasiga qaytishiga ishonaman. APL qiyinroq liga, biroq u darajasiga qayta oladi", - dedi mankunianliklar bosh murabbiyi.

Antoni ushbu mavsum dastlabki 16 o'yinda gollarga ta’sir qila olmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC