Erik Dayer: "Manchester Yunayted" bilan uchrashuv Mourinyu uchun muhim ahamiyatga ega"

1 dek 2019, 22:48
Londonning "Tottenxem" klubi yarim himoyachisi Erik Dayer APL 14-turida o'tkazilgan "Bornmut"ga (3:2) qarshi uchrashuvdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bizda hammasi yaxshi, ketma-ket 3 marta g'alaba qozondik va bundan xursandmiz. Bugun o'zimni yaxshi his qildim, so'nggi uchrashuvlarni asosiy tarkibda maydonga tushayotganimdan xursandman. "Manchester Yunayted"? Bu uchrashuv biz uchun ham, Mourinyu uchun ham muhim ahamiyatga ega. Biz "Old Trafford"da hamisha yaxshi o'ynaymiz, - dedi angliyalik futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports