

Manbaga ko'ra, Braziliya futbol federatsiyasi terma jamoaning Qatarda bo'lib o'tgan 2022 yilgi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan so'ng bosh murabbiylikka xorijlik nomzodlarni ko'rib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu lavozimga "Chelsi" va PSJ sobiq ustozi Tomas Tuxel, Madridning "Real" klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan va argentinalik Marselo Gallardo nomzodlari ham ko'rib chiqilmoqda.
Eslatib o'tamiz, 8 dekabr kuni Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike jahon chempionatining 1/8 finalida Marokashga mag'lub bo'lgach, iste'foga chiqishini ma'lum qilgandi.



