
Ko'plab futbol muxlislarining talab va istaklarini inobatga olgan holda, UZREPORT TV telekanali EVRO-2016 o'yinlarini 17 iyundan boshlab yurtimizdagi hududiy telekanallarda retranslyatsiya qilish bo'yicha O'EOAVMA bilan o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'ydi.
Shu tariqa EVRO-2016 o'yinlarini endi quyidagi hududiy telekanallar orqali tomosha qilish mumkin bo'ladi: Muloqot TV (Qo'qon), Ruxsor TV, Marg'ilon TV (Marg'ilon), Jizzax TV (Jizzax), STV (Samarqand), Istiqlol TV (Buxoro), Nasaf TV (Qarshi), Ishonch TV (Termiz), Ellikqala TV (Qoraqalpog'iston).
Bu holat viloyatlardagi muxlislar uchun EVRO-2016 bahslarini nafaqat sun'iy yo'ldosh orqali yoki IPTV xizmatidan foydalangan holda, balki mahalliy telekanallar orqali ham tomosha qilish imkoniyatini taqdim qiladi.
O'zaro kelishuvga ko'ra hududiy telekanallar har kuni soat 23:45da boshlanadigan o'yinlarni to'g'ridan-to'g'ri retranslyatsiya qiladi. Soat 20:45da boshlanadigan uchrashuvlar esa tungi soat 01:45da yozib olingan holda namoyish qilinadi.
Evro-2016 Yevropaning futbol bo'yicha eng nufuzli musobaqasi bo'lib, joriy yilning 10 iyunidan 10 iyuliga qadar Franciyada o'tkazilmoqda.24ta terma jamoaning Franciyaning 10ta stadionidagi murosasiz kurashi Evro-2016 musobaqasini O'zbekiston hududida translyatsiya qilishning eksklyuziv huquqini qo'lga kiritgan UZREPORT TV telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish qilinmoqda.
UZREPORT TV telekanali “EVRO-2016”dan 58ta o'yinni translyatsiya qilishini ham ta'kidlab o'tish kerak. Bunda 45 ta o'yin to'g'ridan-to'g'ri translyatsiyada, guruh o'yinlarining bir vaqtning o'zida bo'lib o'tadigan 6ta uchrashuvi yozib olingan holda, guruh bosqichidan keyingi 7 ta o'yini (chorak finallar, yarim finallar va final) qo'shimcha takrorlari bilan ko'rsatiladi.
Teletomoshabinlarga eslatmoqchimizki, ayni paytda telekanalimizni O'zbekiston kabel televideniesi (O'KT), “UzDigital TV”, “STARS TV”, “IPTV”, “Vodiy Sadosi Yoshlar teleradiokompaniyasi” (YOTRK) abonentlari hamda www.mediabay.tv internet-resursi foydalanuvchilari ko'rishlari mumkin.
Takidlash lozimki, 2015-yilning 1-dekabridan boshlab telekanal sun'iy yo'ldosh orqali namoyish qilina boshlandi va uni sun'iy yo'ldosh antennalari egalari ham O'zbekiston hududida, ham Evroosiyoning boshqa mamlakatlari hududida ko'rishlari mumkin.
UZREPORT TV telekanalining signalini qabul qilish uchun texnik parametrlar:
Sun'iy yo'ldosh - Yamal 401, 90° Shimoliy nur Ku diapazoni
Qabul qilish chastotasi - 11.505705 GGs
Simvol tezlik - SR = 2280 ksps
Modulyaciya - DVB-S QPSK 1/2
Qabul qilish polyarizatsiyasi – vertikal
O'lchami - standart (720x576i)
Kompressiya - MPEG-4
Tavsiya qilingan antenna diametri - 100 sm.dan ortiq