Emeri Klopp bilan bo'ladigan YCHL yarim finalidagi to'qnashuv haqida gapirdi

Narzulla Saydullayev
17 apr 2022, 00:39
Murabbiy "Liverpul"ga qarshi o'yinni kutmoqda.

"Vilyarreal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri YCHL yarim finalidagi "Liverpul" va Yurgen Kloppga qarshi to'qnashuv haqida gapirib o'tdi.

"Klopp juda aqlli va kuchli murabbiy. Buni uninig faoliyati aytib turadi. "Valensiya"da ishlab yurgan paytim Klopp boshqarayotgan "Borussiya" bilan to'qnash kelganman. Aynan o'sha paytdan beri uni bilaman. Klopp - juda va juda yaxshi murabbiy. "Liverpul" ham fantastik jamoa. Ammo biz ham loyiq bo'lganimiz uchun YCHL yarim finalida turibmiz. Yarim finalda maydonga tushish "Vilyarreal" uchun tasodif emas", -deydi Unai Emeri.  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Marca