Elyor Orifovga sog'lik tilaymiz!

Narzulla Saydullayev
14 sen 2018
Superliga 23-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Qizilqum”ni qabul qildi.

Uchrashuv ikkinchi bo'limida "So'g'diyona" a'zosi Elyor Orifov kutilmaganda  raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi  va boshidan jarohat oldi. O'z o'rnini jamoadoshiga bo'shatib bergan Elyor Orifov tibbiy yordam mashinasida kasalxonaga olib ketildi. Ayni paytda Elyor shifokorlar nazoratida bo'lib turibdi.

“So'g'diyona” PFK Elyor Orifrovga tezroq sog'ayishini va safga qaytishini tilaydi! Biz siz bilan Elyor!



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати