Eldorbek Suyunov – "Al Ahli" - "Nasaf" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi

19 mar 2015, 03:40
OCHL "D" guruhi 3-turidan o'rin olgan "Al Ahli" - "Nasaf" (0:0) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi nomi ma'lum bo'ldi.

Unga ko'ra, "Nasaf" posboni Eldorbek Suyunov rasman bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Shu kuni "Al Ahli" jamoasi futbolchilari Suyunov qo'riqlagan darvozaga jami 14 marotaba zarba yo'llashdi. Shularning to'qqiztasi darvozaga aniq borgan.


Manba: championat.asia