Eldor Shomurodov sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
16 yanv 2024, 23:40
Italiya matbuoti "Jenoa" qishki transferlar oynasi vaqtida bir hujumchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.

"Fichajes"ning yozishicha, genuyaliklarning e'tibori Petro Pellegri va Eldor Shomurodovga qaratilgan.

Ushbu futbolchilar uchun "Jenoa" begona emas. 22 yoshli Pellegri 2016-2018 yillar mobaynida "Jenoa"da o'ynagan va 9tagina o'yinda maydonga tushganiga qaramasdan, 3ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Eldor Shomurodov esa 2020/2021 yilgi mavsumda "Jenoa" sharafini himoya qildi va 31 o'yinda 8ta gol urdi.

"Jenoa"ning ligadagi ishlari o'rtacha darajada ketmoqda. Alberto Jilardino qo'l ostidagi jamoa 22 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Fichajes