Eldor Karimov: "Darvozamiz tomon ikkita penalti belgilanishi yigitlarning ruhiyatiga ta’sir o'tkazdi”

Narzulla Saydullayev
15 sen 2020, 21:37
PRO Liga 6-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Zomin" (3:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar sardori Eldor Karimov o'z fikrlarini bildirdi.




"O'ylaymanki, bugun chiroyli va tomoshabop ruhda o'yin o'tkazdik. Mavjud imkoniyatdan kelib chiqib maksimal darajada harakat qildik. O'yin hakamlari ozgina vaziyatga aralashgandek bo'lishdi. Ular tomonidan ikki marta darvozamiz tomon penalti belgilanishi yigitlarni ruhiyatiga ta’sir o'tkazdi. Nasib bo'lsa navbatdagi uchrashuvlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

Jamoamizda har bir o'yinni yutish va g'alaba qozonish uchun imkoniyat bor. Biz bunga astoydil harakat qilayapmiz. "Neftchi" ham yaxshi shakllangan jamoa ularga navbatdagi o'yinlarda omad tilayman" - deydi Eldor Karimov.

Bekzod Tolibov yozib oldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia