Elanga "Nottingem Forest"ga o'tadi

Оқил Абдубарноев
24 iyul 2023, 22:10
"Manchester Yunayted" hujumchisi Entoni Elanga "Nottingem Forest"ga o'tadi.

Manbaning xabariga ko'ra, 21 yoshli shved tibbiy ko'rikdan o'tgan va bugun klub bilan shartnoma imzolaydi.

Elanga o'tgan mavsum barcha turnirlarda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt  portali futbolchini 18 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano