"El-Klassiko"gacha: "Real" va "Barselona" birgalikda transferlar uchun 1 mlrd. evro sarflashdi

Aslanov Jasurbek
16 avg 2017, 12:34
"Real" va "Barselona" 2013 yildan hozirgacha transferlar uchun deyarli bir xil mablag' sarflagan ekan.

Poytaxt klubi 505,7 mln. evro sarflagan bo'lsa, ko'k-anorranglilarning xarajati 509,1 mln. evroni tashkil qildi. Agar ispan grandlarining hozirgi tarkibiga e'tibor qiladigan bo'lsak, "Real"da xarid qilinganlarning 13 nafari to'p tepmoqda. "Barselona" esa ularning 16 nafarini jamoada saqlab qolgan.

"Real" 2013 yildan beri bir marotaba Ispaniya chempionatida va uch marotaba Chempionlar ligasida zafar quchdi. "Barselona" esa LaLigada 2 marta chempion bo'lib, bir marta YCHL g'olibiga aylandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca