"El Klasiko" translyatsiyasi ustida 500 dan ortiq mutaxassis ishlaydi

Sherzod Nurmatov
10 may 2025
La Liga "Real" va "Barselona" o'rtasidagi bo'lajak to'qnashuvga taraddud ko'rmoqda.

Mukammal translyatsiya qilish uchun 500 nafardan ortiq xodim va turli xildagi 40 ta kamera jalb etiladi. Ular orasida dronlar, muhim lahzalarni batafsil aks ettirish uchun o'ta sekin suratga oluvchi kameralar, shuningdek, kinematografik kameralar bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" – "Real" uchrashuvi 11 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ua-football.com