

Madridning "Real" klubi himoyachisi Marselo Vieyra jarohat tufayli bo'lajak o'yinlarda maydonga tusha olmaydi. Bu haqida "qirollik klubi" matbuot xizmati ma'lum qildi. Futbolchining chap oyog'i mushaklarida muammo paydo bo'lgan. Hozircha, braziliyalik himoyachining tiklanish muddati ma'lum emas.
Eslatib o'tamiz, Marselo Madrid grandiga 2007 yilda Braziliyaning "Fluminense" klubidan kelib qo'shilgandi.




