Ektor Kuper "Championat.asia"ga: "Sorry"

Tolibjon Qosimov
10 sen 2019, 12:18
Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi Iroq bilan o'rtoqlik o'yinida durang natija (0:0) qayd etganidan xabaringiz bor.

Uchrashuvdan so'ng "Championat.asia" xodimlari terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kupyerdan qisqa intervyu olmoqchi bo'ldik. Kiyinish xonasidan oxirgi bo'lib chiqqan Kuper biroz boshi og'riyotganini va savollarimizga mehmonxonada javob berishini aytdi. Biz ham rozi bo'ldik va "Le Grand Amman" sari yo'l oldik. Mehmonxonaga terma jamoamizdan oldin yetib bordik. Taxminan yarim soatlardan so'ng mehmonxona restoraniga kirib ketgan murabbiyning oldiga bordik va savollarimizni bermoqchi bo'ldik. Ektor Kuper esa bizga qarab - "Sorry", deb restorandan chiqib ketdi. U boshqa birorta so'z aytmadi. Murabbiyning birgina shu so'zi nimani anglatishini o'zingiz anglab turgandirsiz...

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia