Ekspertlar Salaning vafoti asosiy sababini e'lon qilishdi

Mirjalol Normatov
14 avg 2019, 23:25
Ekspertlar tomonidan "Kardiff Siti"ning marhum hujumchisi Emiliano Salaning o'limi asosiy sababi ma'lum qilindi

"The Independent" ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining qonidan katta miqdordagi ugar gazi moddasi topilgan. Tabiatda havodan engil va juda xavfli bo'lgan gaz odamni xushidan ketkazishi va o'ldirishi ham mumkin. Taxminlarga ko'ra, samolyotda ugar gazi ochilib ketgan va shuning oqibatida uchuvchi Devid Ibbotson ham futbolchi Emiliano Sala ham hushidan kyetib qolgan. Oqibatda aviahalokat ro'y bergan.

Eslatib o'tamiz, 21 yanvar kunida ushbu halokat ro'y bergandi. Argentinalik futbolchi "Kardiff Siti" tarixidagi eng qimmat xarid bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Independent