Ekspert fikri. Abduqahhor Marufaliev: "Buxoro"da yangi murabbiy ta’siri ko'rindi, Farg'onada teng o'yin bo'ldi. Lekin..."

Iskandarov Abdulaziz
21 sen 2025, 06:40
Sobiq futbolchi, mutaxassis Abduqahhor Marufaliev Superliganing kechagi o'yinlariga munosabat bildirdi.

"OKMK o'z o'yinida g'alaba qozondi. Umuman olganda ham bu jamoa kuchli edi,  "Bunyodkor" esa bitta o'yinda yaxshi, ikkinchisida boshqacha o'ynamoqda. OKMK yirik hisobda bo'lmasa ham yutishi aniqroq edi. 

"Buxoro"ga Aleksandr Xomyakov keldi. Istalgan jamoada murabbiy o'zgarishi o'yinga ta’sir qiladi.  "Navbahor"da birinchi davradan so'ng Alisher Odilov ketdi. Bu ham o'z so'zini aytdi. 

Farg'onadagi uchrashuvda tenglik edi. Durang qayd etilganida ko'proq  "Paxtakor"ga foyda bo'lardi.  "Neftchi"ni oldinda yanada kuchli o'yinlari kutib turibdi",- deydi Abduqahhor Marufaliev.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia