

"Lolalar yurti" jamoasi 1984 yildan buyon ilk bor Yevropa chempionatini o'tkazib yuboradi. Gollandiya "Jahon chempionatining uchinchi o'rin lanati"ga uchradi. Bu lanat faqat Germaniyaga ta’sir qilmagan xolos. Gap nima haqida ekanini quyida tushuntirib o'tamiz.
1982 yildan buyon Jahon chempionatlarida uchinchi o'rinni faqat Yevropa qitasi vakili qo'lga kiritgan. Qizig'i uchinchi o'rinni olgan o'sha jamoa navbatdagi Yevropa chempionatiga chiqa olmagan!
Gollandiya terma jamoasi 2014 yil Braziliyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida uchinchi o'rin uchun bahsda mezbonlarni mag'lub etib bronza medallarga ega chiqqandi. Endi jamoa 2016 yilgi Yevropa chempionatiga chiqa olmadi...

1982 yil Polsha JCHda uchinchi o'rinni olgan va 1984 yilgi Yevropa chempionatiga chiqa olmagan
1986 yil Fransiya JCHda uchinchi o'rinni olgan va 1988 yilgi Yevropa chempionatiga chiqa olmagan
1990 yil Italiya JCHda uchinchi o'rinni olgan va 1992 yilgi Yevropa chempionatiga chiqa olmagan
1994 yil Shvetsiya JCHda uchinchi o'rinni olgan va 1996 yilgi Yevropa chempionatiga chiqa olmagan
1998 yil Xorvatiya JCHda uchinchi o'rinni olgan va 2000 yilgi Yevropa chempionatiga chiqa olmagan
2002 yil Turkiya JCHda uchinchi o'rinni olgan va 2004 yilgi Yevropa chempionatiga chiqa olmagan
2006 va 2010 yilgi Jahon chempionatlarda Germaniya uchinchi o'rinni olgan. Yuqorida aytilganidek nemislarga bu "lanat" ta’sir qilmagan.
2014 yil Gollandiya JCHda uchinchi o'rinni olgan va 2016 yilgi Yevropa chempionatiga chiqa olmadi.
Endi Yevropa jamoalari 2020 yilgi qita chempionatiga chiqmoqchi bo'lsa 2018 yilgi JCHda uchinchi o'rinni olmaslikka harakat qilishsa ajab emas.

Narzulla Saydullaev



