Eduardo Mello: “O'zbekiston terma jamoasi juda ham kuchli”

Narzulla Saydullayev
18 avg 2016, 14:30
Futzal bo'yicha Ozarboyjon terma jamoasi O'zbekiston termasiga qarshi 2 ta nazorat uchrashuvini o'tkazganidan xabaringiz bor.

Ilk bahsda durang natija qaayd etilgan bo'lsa kechagi o'yinda ozarboyjonliklar vakillarimiz darvozasiga 6 ta to'p kiritib g'alaba qozonishdi. Ushbu uchrashuvdan so'ng Ozarboyjon terma jamoasi a'zosi Eduardo Mello o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Birinchi o'yinimizda ko'p vaziyatlar yaratib ulardan foydalana olmagandik, shuning uchun ham (3:3) durang natija qayd etdik. Javob uchrashuvida esa barcha vaziyatlardan foydalandik va yirik hisobda g'alaba qozondik. Ikkinchi bo'limda charchoq alomatlari sezilgani uchun darvozamizdan 2 ta to'p o'tkazib yubordik. Keyin esa o'yinni nazorat qildik va g'alaba qozondik. Terma jamoangiz juda ham kuchli, bekorga osiyo chempionatida ikkinchi pog'onani egallamadi. Futzalchilar ham murabbiy ham yaxshi”, - deydi Ozarboyjon terma jamoasi a'zosi Eduardo Mello.


Jahongir Sotvoldiev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia