
Bu haqda murabbiyning o'zi shunday dedi: “Ha, chindan ham men “Buxoro” jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladim. O'ylaymanki, yangi yildan boshlab ishga kirishaman. Klub o'z oldiga kelasi yil katta maqsadlarni qo'ymoqchi, shu bois qo'limdan kelgancha yordam berishga harakat qilaman”.
Bu xabarni klub sport direktori Gennadiy Kochnev ham tasdiqladi. Eslatib o'tamiz, Edgar Yakovlevich shu yilning dastlabki qismini G'uzorning “Sho'rtan” jamoasida o'tkazgan, biroq rahbariyat uning ishidan qoniqmay, iste'foga chiqargandi. Mana endi Edgar Gess “Buxoro”da ishlaydigan bo'ldi.