

Arab jamoasi "Manchester Siti"ning braziliyalik darvozaboni Edersonga jiddiy qiziqish bildirgandi, biroq ingliz klubi bilan transfer summasi borasida kelisha olmayapti.
Manbaning xabariga ko'ra, muzokaralardan umid uzgan "Al Nassr" klubi rahbariyati Braziliyaning "Atletiko Paranaense" jamoasi bilan darvozabon Bentoni tarkibga qo'shib olish borasida yakuniy kelishuvga erishgan. Transfer bir necha kun ichida e'lon qilinishi kutilmoqda.
Bento "Atletiko Paranaense" safida yakunlangan mavsum 26 o'yinda o'z darvozasidan 16 gol o'tkazib yubordi va 13 uchrashuvda darvozasi daxslisligini saqlab qoldi.



