
Azar mashg'ulotlarga kech qolgani sababli shu hafta bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi o'yinlari doirasida “Shalke”ga qarshi bahsda maydonga tushirilmagan edi. Futbolchi dam olish kunlari Fransiyaga borgan va ma'lum bir sabablarga ko'ra Londonga vaqtida etib kela olmagan. Shuning uchun “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo uni mashg'ulotlardan chetlashtirgan edi.