Eden Azar uchun mavsum yakunlangan bo'lishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
16 mar 2021, 11:30
Futbolchiga yaqin insolar barcha muammolar va jarohatlarga Azarning o'ng oyoq to'pig'i sabab bo'layotganini takidlashmoqda.

Bu haqida Ispaniyaning "Marca" nashri xabar bermoqda.

Katta ehtimol bilan futbolchi yana jarrohlik stoliga yotadi. Belgiyalikning o'ng oyog'iga o'rnatilgan plastinani olib tashlash zarurligi aytilmoqda. Eslatib o'tamiz, u 2019 yil YCHL guruh bosqichi doirasida PSJ'ga qarshi o'yindagi jarohatdan so'ng futbolchining o'ng to'pig'iga o'rnatilgandi.

Shu tariqa, agar futbolchi jarrohlik stoliga yotadigan bo'lsa, mavsumning qolgan qismini ham maydondan tashqarida o'tkazishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia