

Turinliklar forvardi Dushan Vlaxovich 33 soniyadayoq raqib darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi. U musobaqadagi eng tezkor ikkinchi golni urdi. Rekord esa Alessandro Del Peroga tegishli. U 1997 yil “Manchester Yunayted”ga qarshi o'yinning 20 sekundida raqib darvozasini ishg'ol etgandi.
Shuningdek, Vlaxovich CHLdagi debyutida eng tezkor gol urgan futbolchi sifatida qayd etildi.



