YCHL. "Shalke" - "Real" va "Galatasaroy" - "Chelsi" o'yinlaridan oldin

Narzulla Saydullayev
26 fev 2014, 18:12
Butun tunda Yevropa chempionlar ligasi 1/8 finali dastlabki o'yinlari yakunlanadi.
00:45da ikkita o'yin boshlanadi. Germaniyada "Shalke" Madridning "Real" klubini qabul qilsa, Mourinyo boshchiligida "Chelsi" Istanbulda "Galatasaroy" mehmoni bo'ladi.

Tunda saytimiz orqali "Galatasaroy" - "Chelsi" uchrashuvidan matnli onlayn translyatsiya olib boriladi. 



SHALKE - REAL MADRID
26 fevral. Gelzenkirxen. "Veltins-Arena" stadioni.
Bosh hakam
- Xovard Uebb (Angliya).
Shalke (taxminiy tarkibi): Fermann - Xoogland, Matip, Felipe Santana, Kolashinac - Noyshtedter, Boateng - Farfan, Mayer, Goretcka - Xuntelaar

Real (taxminiy tarkibi): Kasilyas - Karvaxal, Pepe, Serxio Ramos, Marselo - Xabi Alonso, Modrich, Di Mariya - Beyl, Benzema, Ronaldu

Jarohat olganlar: Utida (so'roq ostida), Aogo, Xeger, Kirkoff - Xedira

Diskvalifikaciya qilinganlar: yo'q



GALATASAROY - CHELSI
26 fevral. Istanbul. "Ali Sami Yen" stadioni.
Bosh hakam
- Karlos Velasko Karbalo (Ispaniya).
"Galatasaroy" (taxminiy tarkibi): Muslera - Sabri, Kayya, Sheydju, Aleks Telles - Felipe Melo - Inan, Gyulselam - Snayder - Drogba, B.Yilmaz

"Chelsi" (taxminiy tarkibi): Chex - Ivanovich, Kaxill, Terri, Aspilikueta - David Luis, Ramires - Azar, Oskar, Villian - Eto'O

Jarohat olganlar: A.Yilmaz (so'roq ostida) - Oskar (so'roq ostida),  van Ginkel

Diskvalifikaciya qilinganlar: yo'q

YCHL uchun ro'yxatdan o'tmagan: Sari, Gyunter, Gyundogan - Salax, Matich

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia