YCHL. Saloh “Liverpul” rekordchisiga aylandi

Eldor Akmurzayev
8 dek 2021, 07:45
Chempionlar Ligasi 6-turida “Liverpul” 2:1 hisobida “Milan”ni mag'lub etdi.

Muhammad Saloh o'yinning 36-daqiqasida raqib darvozasini ishg'ol etishga erishdi. Bu uning musobaqa joriy mavsumidagi 7-goli bo'ldi va misrlik mazkur natija bo'yicha klub rekordini o'rnatdi. Shu vaqtgacha mersisaydliklardan hech kim guruh bosqichida buncha ko'p to'p kiritmagandi.

Eslatib o'tamiz, Yurgen Klopp shogirdlari “o'lim guruhi”da yuz foizlik natija ko'rsatishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Squawka