YCHL. Saloh finaldan oldin qanday fikrda?

1 iyun 2019, 21:40
"Liverpul"ning asosiy qurollaridan biri Muhammad Saloh "Tottenxem"ga qarshi Chempionlar ligasi final o'yini oldidan fikr bildirdi.

"Bu biz uchun qatorasiga ikkinchi final. Birinchisida yutqazdik, lekin bu safar hamma narsa ko'ngildagidek ketmoqda. Oldingiga qaraganda ko'proq tajribaga egamiz. Ispaniyada yaxshi tayyorlandik va o'yinni intizorlik bilan kutmoqdamiz. Murabbiylar shtabi va o'yinchilar hammamiz o'zimizni juda ruhlangan his qilyapmiz. Hozir jamoamiz jismoniy jihatdan eng yuqori darajaga chiqqan. Umid qilamanki, yuzaga kelgan kichik tanaffus finalda foydamizga hizmat qiladi", - deydi Saloh.

Qayd etish kerak, Muhammad Saloh va "Liverpul" klubi o'tgan mavsum YCHL finalida "Real"ga mag'lub (1:3) bo'lgandi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com