YCHL. Ronaldu turli jamoalarga gol urish bo'yicha Messining rekordiga yaqinlashdi

Eldor Akmurzayev
25 noya 2020, 19:20
Chempionlar Ligasi 4-turi doirasida “Yuventus” o'z maydonida “Ferencvarosh”ni qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozonib, 1/8 bosqichga muddatidan oldin yo'l oldi.

Uchrashuvda gollardan biri o'z hisobiga turinliklar forvardi Krishtianu Ronaldu yozdirdi. Ronaldu musobaqa doirasida 34-klub darvozasiga to'p kiritdi va rekordga yaqinlashdi. 

Undan yuqorida esa “Barselona” yetakchisi Lionel Messi (36 ta klubga gol urgan) bor.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: soccer.ru