YCHL. “Roma safarda “Qorabog'”dan ustun keldi

27 sen 2017, 23:19
Rimning “Roma” klubi safarda “Qorabog'”ni mag'lub etdi.

Birinchi bo'limning uchdan bir qismi yakunlanayotgan bir paytda “bo'rilar” ikki bor mezbonlar darvozasini aniq nishonga olishga erishishdi. 28-daqiqada Pedro Enrkening golidan ozarbayjonliklar hisobni qisqartirishdi. Uchrashuv oxirigacha shu hisob saqlanib qoldi va “Roma” safardan uch ochko bilan qaytadigan bo'ldi.

“S” guruhi.

"Qorabog'"  – "Roma"   1:2 (1:2, 0:0)

Gollar:0:1 – 7 Manolas, 0:2 – 15 Jeko, 1:2 – 28 Pedro Enrike.

"Qorabog'" – Shexich, Medvedev, Guseynov, Sadygov, Agoli, Michel (Kintana, 88), Garaev, Madatov (Gere, 81), Rishard, Pedro Enrike (Elyunussi, 76), Ndlovu.

"Roma" –Alisson, Bruno Peres, Jezus, Manolas, Kolarov, Nainggolan, Pellegrini (Strotman, 82), Gonalon (de Rossi, 67), El-Shaaravi, Jeko, Defrel (Florenci, 58).

Ogohlantirish:Garaev (39), Pedro Enrike (41), Gonalon (43).


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia